Death Stranding Isolations anime ilk treylerini taqdim etdi
Serial 2027-yilda faqat Disney+ platformasida namoyish etiladi; uning rejissyori — Takayuki Sano, ssenariy muallifi esa Tou Ubukata.
30-oktabr, 13:59По-русски

Кадры из игры Death Stranding / images.squarespace-cdn.com
Kojima Productions anime loyihasining ilk tizerini namoyish etdi. Videoda sariq sochli qiz qatron uni yutib yuboradigan tushidan soʻng uygʻonadi. Eʼlonda yana: «Onam kraterga aylandi», degan jumla ham yangraydi.
Loyiha yangi personajlar ansambli ishtirokidagi mustaqil hikoyani taqdim etadi. Animatsiya uchun E&H production masʼul; dastlabki tavsifda tanish qahramonlar tilga olinmagani Sam Porter Bridges va Fragile markaziy qahramonlar boʻlmasligini anglatishi mumkin.



