Pattinsonga Bond roli uchun toʻrt emas, uchta film taklif qilinmoqda
Jurnalist Mett Bellonining aytishicha, Robert Pattinsonga Bond haqidagi uchta film uchun shartnoma taklif qilingan, boshqa nomzodlar bilan esa toʻrtta film muhokama qilingan. Bitim tuzilmagan.

Bellonining maʼlumotlariga koʻra, Robert Pattinson Jeyms Bond roli uchun sinovdan oʻtgan soʻnggi aktyorlardan biri boʻlgan. U Nikolas Holt bilan birga boshqa nomzodlardan keyin sinovdan oʻtgan; jurnalistning fikricha, dastlabki uch nomzod Amazon MGM Studiosʼni ishontira olmagan.
Belloni qisqa muddatli shartnomani Pattinsonning yuqori qiymati bilan bogʻlaydi. Uning fikricha, bunday darajadagi aktyor odatiy shartlar asosidagi uzoq muddatli kelishuvga rozi boʻlmaydi, seriyaning har bir yangi filmi esa uning gonorarini oshiradi. Uchta film aktyor talablari bilan studiyaning xarajatlarni cheklash istagi oʻrtasidagi murosa boʻlishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, Pattinsonga boʻlajak Bond sifatida qiziqish franshizani koʻp yillar boshqargan Barbara Brokkolida qariyb besh yil avval paydo boʻlgan. Aktyor Mett Rivz filmida Betmen roliga tasdiqlanganidan keyin bu qiziqish susaygan. Endi Amazon 007 agenti ustidan ijodiy nazoratni qoʻlga kiritdi va prodyuserlarning avvalgi cheklovlarisiz nomzodlarni tanlamoqda.
Belloni tijoriy nuqtayi nazardan Pattinsonni eng mantiqli variant deb hisoblaydi: aktyor katta franshiza bosimini allaqachon boshdan kechirgan va turli yoshdagi tomoshabinlarni jalb qila oladi. Shu bilan birga, u ilgari Bond roliga odatda ommaga kamroq tanilgan ijrochilar tanlanganini qayd etadi. Yangi 007 agenti, kutilishicha, oy oxirigacha eʼlon qilinadi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

