Frenk Grillo Jeyms Gunn va Piter Safranga DC Studiosʼdan ketganidan soʻng minnatdorlik bildirdi
DC kinematik olamida Rik Fleg-kattani ijro etgan aktyor studiyaning sobiq rahbarlarini Gollivuddagi eng yaxshi insonlardan deb atadi.

Frenk Grillo Instagramʼda video murojaat eʼlon qilib, Jeyms Gunn va Piter Safran DC Studiosʼdan ketganidan soʻng ularga minnatdorlik bildirdi. Aktyor ularning ikkalasini ham yaqin doʻstlari deb atab, kasbiy va insoniy fazilatlarini yuqori baholadi.
Grillo studiyaning sobiq rahbarlarining sadoqati, ishga boʻlgan ishtiyoqi va ijodiy yondashuvini taʼkidladi. Ular bilan ishlash oʻzi uchun haqiqiy sovgʻa boʻlganini qoʻshimcha qildi. Aktyorning soʻzlariga koʻra, tomoshabinlar Gunn va Safran filmlariga qanday munosabatda boʻlishidan qatʼi nazar, u ularni ajoyib insonlar deb biladi.
Grillo DC kinematik olamiga «Maxluqlar-kommandosi» animatsion serialida Rik Fleg-katta roli bilan qoʻshilgan. Keyinchalik u bu rolni jonli ijrodagi «Supermen» (2025) filmida va «Tinchlikparvar» serialida yana ijro etdi. Aktyor premyerasi 2027-yilga rejalashtirilgan «Ertangi kun odami» filmida ham ushbu qahramon obraziga qaytadi.
Murojaati yakunida Grillo Gunn va Safran bilan kelgusida ham hamkorlik qilishga umid bildirdi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

