Yangi A Couple of Lies Netflix tomoshabinlarini tonggi 4:00 gacha ushlab turibdi
Toʻrt qismli A Couple of Lies Netflixʼda chiqdi. Sitsiliya va Stokgolm oʻrtasidagi uy almashinuvi haqidagi hikoya kutilmagan burilish bilan tomoshabinlarni qiziqtirdi.

Netflixʼda kriminal asarlar muallifi Stefan Anhemning shu nomli romani asosida suratga olingan psixologik triller A Couple of Lies namoyish etila boshlandi. Serial Netflix Top 10 reytingida yuqorilamoqda, ijtimoiy tarmoqlardagi tomoshabinlar esa uning syujetdagi burilishini «eng aqldan ozdiradigan» deb atamoqda.
Voqealar markazida bir necha haftaga uylarini almashtirishga qaror qilgan ikki juftlik turadi. Xelen va Karl Stokgolm arxipelagidagi uyidan quyoshli Sitsiliyadagi notanishlari Skarlett va Adamga tegishli villaga boradi. Mukammal taʼtil tez orada xavfli oʻyinga aylanadi: uylarda bezovta qiluvchi tafsilotlar topiladi, sirlar va yashirin xiyonatlar esa kuzatuv, manipulyatsiya va ishonchsizlikka olib keladi.
Tomoshabinlar serial va uning kutilmagan burilishini yuqori baholadi. Ulardan biri A Couple of Liesʼni «eng aqldan ozdiradigan syujet burilishiga ega» psixologik triller deb atadi, boshqasi loyihaga besh yulduz berdi. Yana bir tomoshabin ertalab soat 9:00 da ishga borishi kerak boʻlsa-da, serialni 4:00 da tugatganini aytdi.
Bosh rollarni Frida Gustavsson, Fares Fares, Emma Appleton va Jakob Oftebro ijro etgan. Gustavsson Xelen, Fares Karl, Appleton Skarlett, Oftebro esa Adam rolini oʻynagan.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

