Kino

Ind Navarrett yangi «X-Men» filmidagi Shelma roli uchun tayyorgarligi haqida soʻzlab berdi

Aktrisa Marvelning yaqinlashayotgan filmida Shelma obrazini gavdalantirish uchun janubiy aksent va qahramon tarixini oʻrganmoqda.

17-noyabr, 16:33По-русски

Read in English

eonline.com

Ind Navarrett Marvelning X-Men haqidagi yangi filmida Shelma (Rogue) rolini ijro etishga tayyorlanmoqda. Aktrisa qahramonning janubiy aksentiga alohida eʼtibor qaratmoqchi, hatto Shelma ulgʻaygan Missisipi shtatiga borishni ham rejalashtirmoqda.

Navarrett Governors Awards marosimida E! News nashriga bergan intervyusida Shelmaning xarakterini imkon qadar aniq yetkazishni istashini aytdi. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, bu qahramon uning uchun juda katta ahamiyatga ega, shu bois u rolga bor kuchini sarflamoqchi.

Shelma teginish orqali boshqa odamlarning superqobiliyatlari va xotiralarini vaqtincha oʻzlashtira oladi. U bolaligida Missisipi shtatidagi kommunada yashagan, mutant qobiliyatlari namoyon boʻlganidan keyin esa X-Men safiga qoʻshilgan.

Avvalroq Navarrett «Ovoragarchilik» (Obsession) qoʻrqinchli filmidagi Nikki roli bilan eʼtibor qozongan edi. Uning qahramoni doʻstining uni oʻziga oshiq qilish istagi kutilmagan oqibatlarga olib kelganidan soʻng, doʻstiga nisbatan oʻzini tutib boʻlmas darajada bogʻlanib qoladi.

Aktrisa film ustidagi ish unga insonning murakkab kechinmalarini tadqiq etish va oʻz qahramonini yaxshiroq tushunish imkonini berganini taʼkidladi. Navarrett, shuningdek, Nikkiga xos ayrim jihatlar uning oʻzida ham bir umr saqlanib qolishini tan oldi.