«Transformers 8» Sem Uitviki hikoyasini qaytarib, franshiza xronologiyasini oʻzgartirishi mumkin
Mish-mishlarga koʻra, yangi film 2007-yildagi original kartinaning muqobil davomi boʻladi va bosh qahramonning oʻgʻlini tanishtiradi.

«Transformers»ning sakkizinchi qismi badiiy filmlar franshizasi tarixini sezilarli darajada oʻzgartirishi mumkin. Internetda paydo boʻlgan sizdirilgan maʼlumotlarga koʻra, film syujeti dastlabki qismlarda Shaya LaBaf ijro etgan Sem Uitviki bilan bogʻliq boʻladi. Taxminlarga koʻra, yangi hikoyaning bosh qahramoni uning oʻgʻli boʻladi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ijodkorlar koʻp olamli olam konsepsiyasidan foydalanish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Shu tufayli film 2007-yildagi «Transformers»ning muqobil davomi boʻlishi va keyingi qismlarda yuz bergan voqealarni hisobga olmasligi mumkin. Shunday qilib, Paramount Pictures va Skydance franshizaning boshlanishi bilan aloqani saqlab qolgan holda, badiiy filmlar turkumini amalda qayta boshlashi mumkin.
Kartinada hayvonlarga aylana oladigan robotlar — maksimalar ham paydo boʻlishi mumkin. Ular avval «Transformers: Yirtqich hayvonlarning yuksalishi» filmida debyut qilgan.
Kastingga oid taxmin qilinayotgan tafsilotlarga koʻra, hikoya Twitchʼdagi translyatsiyalarga qiziqadigan va yolgʻiz ona tarbiyalayotgan oʻsmir-autsayder haqida boʻladi. Unga mototsiklda yuradigan, yigirma yoshdan sal kattaroq qiz yordam beradi.
Xabarlarga koʻra, Stiven Spilberg loyiha ustida ijrochi prodyuser sifatida yana ishtirok etadi. Bundan tashqari, Maykl Beyning rejissyorlik kursisiga qaytishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo boʻldi. Rejissyor franshizaning dastlabki besh filmini suratga olgan.
«Transformers 8» syujeti, aktyorlar tarkibi va chiqish sanasiga oid rasmiy tafsilotlar hozircha eʼlon qilinmagan. Shaya LaBafning qaytishi ham tasdiqlanmagan.



