Endryu Garfild Santa-Barbara kinofestivalida taqdirlanadi
6-fevral kuni festival sahnasida aktyor Endryu Garfild kino tanqidchisi Leonard Maltin bilan oʻz faoliyati va Sem Altmanning boʻlajak rolini muhokama qiladi.

Garfild Santa-Barbara kinofestivalida Maltin Modern Master Award mukofoti sohibiga aylanadi. Ushbu mukofot kinematografiyadagi yuksak yutuqlar va kino sanʼatini rivojlantirishga qoʻshilgan katta hissa uchun beriladi.
Rejissyor Luka Guadanyinoning boʻlajak «Artificial» («Sunʼiy intellekt») filmida u OpenAI bosh direktori Sem Altman rolini ijro etadi. Garfild faoliyati davomida «Oskar» mukofotiga ikki marta nomzod boʻlgan, shuningdek, «Oltin globus» va «Toni» teatr mukofotlarini qoʻlga kiritgan.
42-festival 3-fevraldan 13-fevralgacha davom etadi. Dasturdan filmlar namoyishi, rejissyorlar bilan uchrashuvlar, soha panellari va aktyorlarni taqdirlash marosimlari oʻrin oladi.



