Seriallar

Netflixning «Bridgertonlar» seriali beshinchi mavsumi ishlab chiqarilishi yakunlandi — 2027-yilda namoyish etiladi

Beshinchi mavsum Fransiska Bridgerton va Mikaela Stirling tarixiga bagʻishlanadi, ledi Vayoletning yoshligi haqidagi spin-off esa keyinroq chiqadi.

29-oktabr, 13:09По-русски

Read in English

ChatGPT

Netflix «Bridgertonlar» serialining beshinchi mavsumi ishlab chiqarilishi yakunlanganini maʼlum qildi. Serial platformaga 2027-yilda qaytadi, biroq premyeraning aniq sanasi hozircha aytilmadi.

Ayni paytda ledi Vayoletning yoshligi haqidagi spin-off ustida ham ish davom etmoqda — uni 2028-yilda chiqarish kutilmoqda.