Hideo Kojima yangi «Votomsning zirhli jangchilari: Kulrang jodugar» animesida paydo boʻladi
Metal Gear Solid va Death Stranding yaratuvchisi premyerasi 20 noyabrda boʻlib oʻtadigan animedagi epizodik roli haqida maʼlum qildi.

Hideo Kojima premyerasi 20 noyabrga rejalashtirilgan «Votomsning zirhli jangchilari: Kulrang jodugar» animefilmida paydo boʻlishini maʼlum qildi. Geymdizayner bu haqda X ijtimoiy tarmogʻida yozib, kichik rol olganini aniqlashtirdi. Shuningdek, u filmda oʻzi ishtirok etgan kadrni ham eʼlon qildi.
Film «Votomsning zirhli jangchilari» olamidagi yangi voqeani hikoya qiladi. Voqealar ikki galaktik imperiya oʻrtasidagi yuz yillik urush fonida kechadi. Syujet markazida sirli Jodugar nomi bilan tanilgan askarning sirini aniqlashi kerak boʻlgan ofitser Maki turadi. Jodugar nomi bilan tanilgan askar hatto deyarli imkonsiz topshiriqlardan ham tirik qaytish imkonini beradigan gʻayrioddiy qobiliyatga ega.
Loyiha rejissyori «Zirhdagi arvoh» kult animesi yaratuvchisi Mamoru Oshii boʻldi.



