Seriallar

«Men kun boʻyi yigʻlamadim»: «Yosh Sheldon» yulduzi Ien Armitage serial yakunlangach nimalarni his qilganini aytdi

Jessika Radloffning shou tarixi haqidagi kitobida aktyorlarning finaldan noroziligi va spin-off yaratish boʻyicha maxfiy muzokaralar ham maʼlum boʻldi.

22-oktabr, 17:24По-русски

Read in English

Кадр из сериала «Детство Шелдона» / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net

Yosh Sheldon rolini ijro etgan aktyor Ien Armitage serialning 2024-yilda yakunlanishini nega hamkasblariga qaraganda xotirjamroq qabul qilganini tushuntirdi. U Warner Bros. suratga olish maydonchasini, jamoani va umuman aktyorlik ishining oʻzini sogʻinganini tan oldi. Biroq shou tugaganidan keyin Armitage sayohat qilishni, Virjiniyada yashab koʻrishni va yangi filmlarda suratga tushishni xohladi.

Aktyorlar «Yosh Sheldon» seriali yakunlanishini 2023-yil noyabrida Zoomʼdagi umumiy videomuloqot chogʻida bilib olishgan. Ayrim ishtirokchilar qarorni eʼlon qilishning bunday usulini shaxssiz deb hisoblashgan. Shu bilan birga, Jorji va Mendi rollarini ijro etgan Montana Jordan hamda Emili Osment shartnomalar imzolanguniga qadar spin-off yaratish boʻyicha muzokaralarni hamkasblaridan yashirishga majbur boʻlishgan.