Devid Fincher Kventin Tarantinoning Kliff But haqidagi ssenariysidan 60 betni olib tashlaganini aytdi
Bred Pitt ishtirokidagi boʻlajak film 25-noyabr kuni IMAX kinoteatrlarida namoyish etiladi, 23-dekabrda esa Netflixʼda taqdim etiladi.
21-oktabr, 18:15По-русски

Кадр из к/ф «Однажды в Голливуде» / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net
Rejissor Devid Fincher Kventin Tarantinoning ssenariysini 230 betdan 170 betgacha qisqartirdi. Natijada filmning davomiyligi taxminan ikki soat-u 20 daqiqani tashkil etadi.
Kliff But haqidagi voqea 1977-yilgi Gollivudda kechadi. Fincherning soʻzlariga koʻra, film syujetdan koʻra shaharning sahna ortidagi muhitida personajlarning toʻqnashuviga koʻproq eʼtibor qaratadi.



