«Qasoskorlar»ning sobiq prodyuseri Jeyms Gunn oʻrniga DCʼga rahbarlik qiladi
1 dekabrdan Jeremi Latchem DC Studios prezidenti va bosh kreativ direktori boʻladi. Jeyms Gunn va Piter Safran studiya loyihalarida ishlashda davom etadi.
DC Studios rahbariyatidagi oʻzgarish Warner Bros. kompaniyaning Skydance bilan birlashganidan keyingi qayta tashkil etishlar bilan bogʻliq. Latchem yangi lavozimida filmlar, seriallar va animatsion loyihalarni oʻz ichiga olgan superqahramonlar olamini rivojlantirish uchun javob beradi.
DCʼga oʻtishidan oldin u Marvel Studiosda yuqori lavozimda ishlagan va «Temir odam», «Qasoskorlar», «Galaktika qoʻriqchilari» hamda «Oʻrgimchak odam: Uyga qaytish» filmlarini yaratishda qatnashgan. Latchem «Galaktika qoʻriqchilari» ustida Gunn bilan birga ishlagan.
Gunn va Safran rahbarlik lavozimlarini tark etadi, biroq DC loyihalarida ijodiy rahbarlar sifatida ishlashda davom etadi. Ular shugʻullanadigan loyihalar qatorida «Supermen»ning davomi boʻlgan «Ertangi kun odami» filmi ham bor.
Gunn rahbarligi davrida «Betmen 2» filmining davomi ham chiqishi kerak. Uning premyerasi 2028-yilga rejalashtirilgan, suratga olish ishlari esa manbada qayd etilishicha, oson kechmayapti.



