Ariana Grande sevimli uy hayvonidan ayrilgani haqida xabar berdi
Xonanda Instagramʼda uy hayvoniga mehr-muhabbati uchun minnatdorlik bildirdi va uning hayotidagi ishtirokini bu dunyo uchun berilgan neʼmat deb atadi.
20-oktabr, 14:31По-русски

instagram/arianagrande
Xonanda 17 yildan koʻproq vaqt davomida yonida boʻlgan Koko ismli kuchugining vafot etganini maʼlum qildi.
Eʼlon qilingan suratlarda kuchukning hayotidagi turli lahzalar, jumladan, uning 17 yoshga toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilgan bayram aks etgan. Ross Matthews, Leon Thomas va musiqiy prodyuser Ilya Salmanzade kabi doʻstlari hamda hamkasblari sanʼatkoraga hamdardlik bildirdi.
Grande hayvonlarga boʻlgan mehr-muhabbati haqida bir necha bor gapirgan. Avvalroq u itlar odamlarga begʻaraz mehr berishini va bunga javoban xuddi shunday munosabatga loyiq ekanini taʼkidlagan edi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

