Pavel Priluchniy ishtirokidagi «Vinograd» serialining ikkinchi mavsumi suratga olindi
Kion serialning davomi ustidagi ishlar yakunlanganini maʼlum qildi. Premyera sanasi hozircha oshkor etilmadi.

Kion onlayn kinoteatri Pavel Priluchniy ishtirokidagi «Vinograd» serialining ikkinchi mavsumi suratga olingani yakunlanganini maʼlum qildi. Davomiy qismni yana loyihaning birinchi qismi ustida ishlagan Vladimir Shchegolkov suratga oldi. Yangi qismlar qachon namoyish etilishi hozircha nomaʼlum.
Syujet markazida xotiniga xiyonat qilgani ortidan ishi, oilasi va avvalgi mavqeidan ayrilgan muvaffaqiyatli top-menejer Yegor turadi. U tugʻilib-oʻsgan Anapaga qaytgach, kutilmaganda uzumzorlarga ega boʻladi va hayotini yangidan boshlash imkoniyatini qoʻlga kiritadi.
Ikkinchi mavsumda qahramon erishishga intilgan barcha narsasini xavf ostiga qoʻyishiga toʻgʻri keladi. Priluchniydan tashqari, serialda Nino Ninidze va Sofya Sinitsyna ham suratga tushmoqda.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

