Kino

Jorj Lazenbi Jeyms Bond roliga tayinlangan Robert Pattinsonga maslahat berdi

«Janobi Oliyalarining maxfiy xizmatida» filmida 007 rolini ijro etgan aktyor yangi agentga ushbu franshiza ustidagi ishidan zavq olishni tiladi.

18-noyabr, 11:23По-русски

Read in English

ign.com

Avstraliyalik aktyor Jorj Lazenbi Robert Pattinson Jeyms Bond roliga tayinlangani eʼlon qilinganidan keyin unga murojaat qildi. U mashhur agent obrazini ijro etgan aktyorlar safiga qoʻshilgan hamkasbini qutlab, yangi ishidan zavq olishni maslahat berdi.

1969-yilgi «Janobi Oliyalarining maxfiy xizmatida» filmida 007 rolini ijro etgan Lazenbi murojaatini ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qildi. U, shuningdek, qahramonining mashhur iborasini hazil bilan yodga oldi: «Bunday holat avvalgi yigit bilan sodir boʻlmagandi».

Pattinson uzoq davom etgan yopiq kastingdan soʻng bu rolni oldi. OAV xabarlariga koʻra, kastingda Kallum Terner, Jek Louden, Josh OʻKonnor va Nikolas Holt ham qatnashgan. Aktyor uchun bu «Sumerki» franshizasi va Mett Rivz filmidagi Betmen rolidan keyingi navbatdagi yirik loyihadir.

Tayinlov haqidagi xabar muxlislarning turlicha munosabatiga sabab boʻldi. Ayrimlar Pattinson tanlovini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, boshqalar aktyor 007 agenti obraziga qanchalik mos kelishiga shubha bildirdi.

OAV maʼlumotlariga koʻra, Pattinsonga boshqa daʼvogarlarnikiga qaraganda filmlar soni kamroq, shartlari esa foydaliroq boʻlgan shartnoma taklif qilingan. Boʻlajak film tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

Dekabr oyida tomoshabinlar aktyorni «Dyun: Uchinchi qism» filmida ham koʻrishlari mumkin.