Musiqa

Musiqa asarlarini xalqaro hisobga olish tizimi 100 mln qoʻshiq marrasiga yetdi

ISWC tizimi musiqa asarlarini aniqlashga yordam beradi va mualliflik toʻlovlarini yanada aniqroq hisobga olishni taʼminlaydi.

20-noyabr, 11:59По-русски

Read in English

billboard.com

Mualliflar va bastakorlar jamiyatlari xalqaro konfederatsiyasi (CISAC) maʼlum qilishicha, uning ISWC tizimida 100 mln musiqa asari roʻyxatdan oʻtkazilgan. Tizim har bir qoʻshiqqa mualliflar va bastakorlar haqidagi maʼlumotlarni kuzatish, shuningdek, musiqadan foydalanish va royaltilarni taqsimlashni hisobga olish imkonini beradigan noyob doimiy kod beradi.

Bundan 30 yil oldin bunday identifikatorni olgan ilk asar ABBA guruhining «Dancing Queen» qoʻshigʻi boʻlgan. Bugun tizimdan butun dunyo boʻylab 100 dan ortiq mualliflik jamiyati foydalanadi.

Qariyb 30 ta musiqa nashriyoti ISWC kodlarini mustaqil ravishda beradi va ularni umumiy maʼlumotlar bazasi bilan solishtiradi. Tizimga yirik raqamli musiqa platformalari hamda maʼlumotlar bilan ishlaydigan kompaniyalar ham murojaat qiladi: soʻrovlar soni oyiga 20 mln dan oshadi.

CISAC taʼkidlashicha, musiqa asarlari haqidagi aniq maʼlumotlar mualliflarga adolatli haq toʻlanishini taʼminlashga yordam beradi. Bu, ayniqsa, bitta kompozitsiya ustida bir necha kishi ishlaganida va undan foydalanishni turli mamlakatlardagi tashkilotlar kuzatganida muhimdir.

2020 yilda konfederatsiya ISWC tizimini keng koʻlamda modernizatsiya qilib, kodlarni berish tezligi va aniqligini oshirdi. Tashkilot 1926 yilda Parijda tashkil etilgan.