Yulduzlar

Oʻzbekistonlik model Shahrizoda Madaminova «Kelajak qanoti» xalqaro unvoniga sazovor boʻldi

Model va aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda taqdirlash marosimidan videoni ulashdi.

9-noyabr, 17:14По-русски

Read in English

Oʻzbekistonlik model Shahrizoda Madaminova «Kelajak qanoti» xalqaro unvoniga sazovor boʻldi. U yangi eʼtirof haqida ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilib, bu voqeadan xursand ekanini taʼkidladi.

Madaminova 2020-yildan buyon modellik bilan shugʻullanadi. Shu vaqt mobaynida u Livan, Turkiya, Ozarbayjon va Qozogʻistonda oʻtkazilgan xalqaro goʻzallik tanlovlarida ishtirok etdi.

2024-yilda model World Next Top Model tanlovida «Miss Asia» unvonini qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, «Miss Earth Uzbekistan» unvoni sohibasi sifatida ham tanilgan.