Seriallar

«South Park»ning 29-mavsum 6-qismi NVIDIA rahbari Jensen Huangni masxara qiladi

«South Park» ijodkorlari Trey Stone va Matt Parker 29-mavsum 6-qismining tizerini chiqardi. Qism 26 noyabrga oʻtar kechasi namoyish etiladi.

25-noyabr, 16:06По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Rolikda South Parkdagi sirli elektr uzilishlari koʻrsatilgan. Aholi Xitoy tomondan boʻladigan kiberhujumlardan xavotirlana boshlaydi, qahramonlar esa josusni topib, shaharchadagi uylarga elektr taʼminotini tiklashi kerak boʻladi.

Syujet NVIDIA rahbari Jensen Huang bilan bogʻliq voqeaga ishora qiladi. Noyabr oʻrtalarida Huang Megaspeed rahbari Alice Huang bilan goʻyoki uchrashgani sabab kompaniyadan boʻshatildi. Alice Huangni Xitoy tomonidan yollangan josus deb hisoblashadi. Bir yarim hafta oʻtgach, direktorlar kengashi Huangni lavozimiga qaytardi, shundan keyin NVIDIA aksiyalari 30 foizga oʻsdi. Tizer VKʼda mavjud.