Kino

Yangi «13-juma» filmi aktyorlar tarkibi, nomi va chiqish sanasini taqdim etdi

«13-juma» filmi Jason deb nomlandi va 2027-yil 13-avgustda dunyo kinoteatrlarida namoyish etiladi. Bosh rollarni Shayler Uayt va Natali Elin Lind ijro etdi.

19-noyabr, 10:48По-русски

Read in English

deadline.com

Film ishlab chiqarish jarayoni yakunlanmoqda. Rejissyor Stiv Mayner boʻldi, ssenariyni esa Devid Fligel yozdi. Shimoliy Amerikada film prokatini Cineverse amalga oshiradi.

Jeyson Vurhiz rolini avval Sweet Revenge qisqa metrajli filmida ham shu qahramonni ijro etgan Shayler Uayt oʻynadi. Natali Elin Lind dahshatli filmning «soʻnggi tirik qolgan» qahramoni Loren rolini ijro etadi. Aktyorlar tarkibiga Mett Kornett, Liliya Bakingem, Jon Ouen Lou, Sammer Medison, Selena Terner, Metyu Keoni Sato, Bruk Sill, Gilyermo Dias, Jonell Yang, Senser Messia Braun va Brayan Gael Gusman ham qoʻshildi.

Jason 1980-yilda boshlangan turkumning 13-filmi boʻladi. Loyiha mustaqil ravishda suratga olingan. Bu filmni Horror, Inc. orqali moliyalashtirib, prodyuserlik qilgan Barsamyanlar oilasiga franshiza ustidan toʻliq ijodiy nazoratni saqlab qolish imkonini berdi.

Filmning jahon kinoteatrlaridagi namoyishi 2027-yil 13-avgustga rejalashtirilgan. Asl filmda qotil Pamela Vurhiz edi, keyingi qismlar esa Jeysonni turkumning asosiy qahramoniga aylantirdi.