My Chemical Romance produseri «The Black Parade» albomi qanday yaratilganini soʻzlab berdi
Rob Kavallo guruh XXI asrning eng mashhur rok albomlaridan birini qanday tayyorlaganini esladi va uning ustidagi ish tafsilotlarini oshkor qildi.

Produser Rob Kavallo My Chemical Romance guruhining uchinchi albomi — «The Black Parade» ustidagi ishlar haqida xotiralari bilan oʻrtoqlashdi. Albom chiqarilganiga 20 yil toʻldi. U katta intervyuda loyihaga qanday qoʻshilgani, yozuv jarayoni qanday kechgani va musiqachilar qoʻshiq yozgan joyning noodatiy muhiti qanday rol oʻynaganini aytib berdi.
Guruh bilan ilk tanishuv Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan. Musiqachilar produserga namoyish etgan kompozitsiyalar orasida «Mama» ayniqsa katta taassurot qoldirgan. Kavallo uning oʻziga xosligini taʼkidlab, qoʻshiq ortida yanada kengroq konsepsiya turganini his qilgan. Hamkorlik qilish haqidagi qaror ilk uchrashuvdan bir necha soat oʻtiboq qabul qilingan.
Materialning asosiy qismi guruh bir vaqtning oʻzida yashagan va ishlagan qadimiy Paramour saroyida yaratilgan. Kavalloning soʻzlariga koʻra, binoda gʻalati voqealar sodir boʻlgan: eshiklar oʻz-oʻzidan yopilgan, muhit esa qoʻrqinchli film dekoratsiyalarini eslatgan. Oxir-oqibat baschi Mayki Uey bunga chiday olmay, saroyni tark etgan.
Produser u yerga ish kunlari ovoz rejissyori Dug Makkin bilan birga kelgan. Musiqachilar birgalikdagi jam-sessiyalar paytidayoq mashq qilib, yangi gʻoyalarni yozib olishgan. Studiya koʻchib oʻtiladigan paytga kelib, albomning taxminan 90–95 foizi tayyor boʻlgan. Istisno tariqasida, albomga nom bergan «Welcome to the Black Parade» kompozitsiyasining yaratilish tarixi alohida boʻlgan.
Yana oʻqing

U2 yangi Carnaval de Luz albomi bilan Billboardʼning uchta chartida yetakchilik qildi

Imron «Sevganingni bilmay qolsan» nomli yangi qoʻshigʻini taqdim etdi

