Kompozitor Francesco Le Metre Being Heumann filmi uchun musiqa yaratilishi haqida soʻzlab berdi
Sian Hederning yangi dramasiga yozilgan saundtrek 1970-yillardagi pank-madaniyat va huquq faoli Judy Heumann tarixidan ilhomlangan.

Francesco Le Metre Apple Original Filmsʼning Being Heumann filmi uchun musiqa ustidagi ishi tafsilotlari bilan oʻrtoqlashdi. Kompozitor saundtrek orqali amerikalik faol Judy Heumannning xarakteri, qatʼiyati, insoniyligi va nogironligi boʻlgan insonlar huquqlari harakatiga taʼsirini ifodalashga intilgan.
Ilhomning asosiy manbalaridan biri 1970-yillardagi pank-madaniyat boʻlgan. Uning mustaqil ruhini va oʻzgarishlarga intilishini yetkazish uchun Le Metre noodatiy ritmik yechimlardan foydalangan, zarbli cholgʻular bilan tajribalar oʻtkazgan hamda torli cholgʻu partiyalarini gitara mediatori yordamida ijro etgan.
Being Heumann kompozitorning «CODA: Kar-soqov ota-onalarning farzandi» nomli, Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan dramasi bilan tanilgan rejissor Sian Heder bilan ilk hamkorlikdagi ishi boʻldi. Yangi filmda bosh rolni Ruth Madeley ijro etgan, shuningdek, Mark Ruffalo va Dylan OʻBrien ham suratga tushgan.
Film Heumannning nogironligi boʻlgan insonlar huquqlari uchun kurashi va 1977 yilda San-Fransiskoda oʻtkazilgan tarixiy norozilik aksiyasidagi ishtiroki haqida hikoya qiladi.



