Kino

Kim Yun Sok va Ku Gyo Hvan «Oq boʻron» trillerida bir-biriga qarshi halokatli toʻqnashuvga kirishadi

Filmning yangi kadrlari qor yogʻishi tufayli tashqi dunyodan uzilib qolgan stansiyada ikki temiryoʻl xodimining omon qolish uchun kurashini koʻrsatadi.

14-noyabr, 14:18По-русски

Read in English

m.entertain.naver.com

Kim Yun Sok va Ku Gyo Hvan voqealari uzoqdagi temiryoʻl stansiyasida kechadigan Janubiy Koreya trilleri «Oq boʻron»da bosh rollarni ijro etgan. Syujetga koʻra, nafaqaga chiqishga tayyorlanayotgan stansiya boshligʻi Gap Su va uning oʻrnini egallaydigan Hyon Txyek kuchli qor boʻroni paytida sirli jasadni topib olishadi.

Yangi kadrlarda qahramonlar mojaroning qarama-qarshi tomonlarida ekani koʻrinadi. Gap Su miltigʻini lopata bilan himoyalanishga urinayotgan Hyon Txyekka qaratgan. Boshqa suratda esa qon izlari bor ikki erkak qurol uchun shiddatli kurashga kirishgani aks etgan. Voqealarda detektiv Chve va ofitser Yan ham qatnashadi — ularning Hyon Txyekka nisbatan shubhali munosabati taranglikni kuchaytiradi.

Kim Yun Sok tomoshabinlarga hayajonli filmni vaʼda qildi, Ku Gyo Hvan esa voqealarni turli qahramonlar nuqtai nazaridan kuzatishni taklif etdi. Rejissyor Hong Ui Jon kartina omon qolish uchun kurash hamda ekstremal sharoitlarda odamlar qabul qilishiga toʻgʻri keladigan qarorlarni tadqiq etishini taʼkidladi.

«Oq boʻron»ning kinoteatrlardagi premyerasi 18 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.