Kino

DCning yangi Betmeni va «Adolat ligasi» boʻyicha rejalari oshkor boʻldi

Jeyms Gunn va Piter Safran DC kinematografik olamini bir necha yil oldinga moʻljallangan keng koʻlamli tarzda rivojlantirishni rejalashtirgan edi, biroq studiya rahbariyatining almashishi bu rejalarga taʼsir qilishi mumkin. Bu haqda Plugged In The Wall Street Journal jurnalisti Ben Fritsga tayanib xabar berdi.

10-noyabr, 17:52По-русски

Read in English

pluggedin.ru

Eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, «Moʻjizakor ayol» «Ertangi kun odami» filmida paydo boʻlishi kerak edi. Yangi Betmenning debyuti 2028-yilda «Jasur va mard» filmida rejalashtirilgan. Supermen haqidagi yana ikki film esa 2029 va 2031-yillarga moʻljallangan edi. Ular tomoshabinlarni yangilangan «Adolat ligasi» paydo boʻlishiga bosqichma-bosqich tayyorlashi kerak edi.

Jimmi Olsen haqidagi serial budjetining qisqartirilayotgani haqida ham xabar berildi. Bundan tashqari, oʻzgarishlar «Xalq Gorilla Groddga qarshi» loyihasiga ham taʼsir qilgan.

DC Studiosning yangi rahbari avval Gunn bilan «Galaktika qoʻriqchilari» filmi ustida ishlagan Jeremi Letcham boʻldi. Kadrlar almashuvidan keyin avvalgi rejalarning qaysi biri amalga oshirilishi hozircha nomaʼlum.