Dominik Sessa va Rene Zellveger «Darlington» komedik dramasida rol ijro etadi
Rejissyor Sasha Jervasi suratga oladigan filmning tasvirga olish ishlari 2027-yil bahorida Buyuk Britaniyada boshlanishi rejalashtirilgan.
29-oktabr, 15:03По-русски

Bryan Berlin / Wikimedia Commons
Syujet markazida Keyt Spenser turadi — kino sanoatida anchadan beri unutilgan aktrisa. U badavlat buyurtmachi uchun oʻzining eng mashhur rolini yana ijro etish taklifini oladi, biroq bu shouni qayta tiklash doirasida boʻlmaydi.
Sessa texnologiya sohasidagi ekssentrik milliarder rolini ijro etadi. U ingliz pomestyosini qayta yaratgan va 1923-yil boshlanganini tasavvur qilib, oʻsha yerda yashaydi. Keyt uning qatʼiy tartibga solingan dunyosiga tobora chuqurroq kirib borar ekan, xayolot va voqelik u oʻylaganidan ham kuchliroq qorishib ketganini anglaydi. Piter Dinkleyj ham asosiy rollardan birini ijro etadi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

