Seriallar

Amazon «Uzuklar hukmdori: Hokimiyat uzuklari» serialining uchinchi mavsumidagi mittilar posterlarini taqdim etdi

Yangi tasvirlarda qirol Durin IV, uning rafiqasi Disa va akasi Trayn koʻrsatilgan.

9-noyabr, 17:11По-русски

Read in English

omelete.com.br

Amazon «Uzuklar hukmdori: Hokimiyat uzuklari» serialining uchinchi mavsumiga oid yangi posterlarni eʼlon qildi. Ularda mittilar xalqining uch vakili: qirol Durin IV, uning rafiqasi Disa va akasi Trayn tasvirlangan.

Davomi Oʻrta Yer haqidagi original voqealardan oldingi hodisalar haqida hikoya qiladi. Syujet markazida yana Galadriel va oʻz hokimiyatini mustahkamlash hamda Yagonalik uzugini yaratishga intilayotgan Sauron boʻladi.

Uchinchi mavsum premyerasi 11 noyabr kuni Amazon Prime Video platformasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Namoyish boshlangan kuni tomoshabinlarga birdaniga toʻrtta epizod taqdim etiladi, qolgan qismlar esa chorshanba kunlari chiqadi.