Olivia Cooke sakkizinchi mavsum «Slow Horses» serialning soʻnggi mavsumi boʻlishi mumkinligini taxmin qildi
Aktrisa hozir serialning yakuniy mavsumida suratga tushayotganini aytdi, biroq shou tugashi hozircha rasman tasdiqlanmagan.

«Slow Horses» («Sekin otlar») serialidagi rollardan birini ijro etadigan Olivia Cooke sakkizinchi mavsum loyiha uchun soʻnggisi boʻlishi mumkinligini taxmin qildi. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, u hozir shouning yakuniy qismi suratga olish ishlarida ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, serial vakillari uning tugashini hozircha tasdiqlamagan.
Syujet markazida Britaniya razvedkasining MI5 agenti River Cartwright turadi. U oʻquv topshirigʻi muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Slough Houseʼda joylashgan «Slow Horses» boʻlimiga oʻtkaziladi. U yerda River Cartwright ekssentrik Jackson Lamb qoʻl ostida ishlaydi.
Serialda bosh rolni Gary Oldman ijro etadi. Aktyorlar tarkibidan Jack Lowden, Kristin Scott Thomas, Dustin Demri-Burns va boshqalar ham oʻrin olgan.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

