GTA VI saundtrekida Justice, SZA, Travis Scott va BLACKPINK jam boʻladi
GTA VI asosida yaratilgan albom xip-xop, pop, elektron musiqa, lotin musiqasi va jazzni uygʻunlashtirib, turli avlod yulduzlarini birlashtiradi.

Grand Theft Auto VI: The Album musiqiy albomida Justice, SZA va Tame Impaladan tortib Travis Scott, Cardi B, Future va BLACKPINKgacha boʻlgan turli janr ijodkorlari jam boʻladi. Toʻplam zamonaviy musiqa sahnasini aks ettirgan holda, Mayamining neon chiroqlari, tungi sayohatlari va musiqiy ohanglar xilma-xilligiga xos muhitni saqlab qoladi.
Albomni kuchli sintezatorlar va oʻziga xos vokalni uygʻunlashtirgan Justice hamda Michael McDonaldning hamkorlikdagi ishi — Starting From Zero ochib beradi. Boshqa hamkorliklar qatorida Justice, SZA, King Gizzard va Tame Impala ishtirokidagi Flower In A Hurricane, shuningdek Yung Lean, Future va Metro Boominni birlashtirgan Thatʼs It ham bor.
Toʻplamda boshqa taniqli ijodkorlar ham bor: Travis Scott, Katy Black, Don Toliver, Playboi Carti, Young Thug, BLACKPINK aʼzosi Jennie, Zara Larsson va Camila Cabello. Lotin Amerikasi yoʻnalishini Fuerza Regida va Kali Uchis namoyon etadi.
Albomga Morgan Wallenning kantri qoʻshigʻi, Keith Richards ijrosidagi Jimmy Reed blyuzi hamda Jesse Johnson va Dam-Funkning fank treki ham kiritilgan. Bunday xilma-xillik toʻplamni zamonaviylikning musiqiy aksiga aylantiradi va GTAʼning turli musiqa yoʻnalishlari bilan tanishtiruvchi maydon sifatidagi anʼanasini davom ettiradi.
Yana oʻqing

U2 yangi Carnaval de Luz albomi bilan Billboardʼning uchta chartida yetakchilik qildi

Imron «Sevganingni bilmay qolsan» nomli yangi qoʻshigʻini taqdim etdi

