Yulduzlar

«Ochlik oʻyinlari» aktyorlari Londondagi taqdimotda oʻz qahramonlari haqida soʻzlab berishdi

Kiran Kalkin Stenli Tuchchi bilan taqqoslanishdan xavotir olganini tan oldi, El Fanning esa Elizabet Benksdan maslahat oldi.

30-oktabr, 14:27По-русски

Read in English

Кадры из к/ф / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net

Londonda «Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» filmi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mehmonlar orasida Jozef Zada, Reyf Fayns, El Fanning, Kiran Kalkin, Makkenna Greys va Glenn Kloz bor edi.

Kalkin dastlab Stenli Tuchchidan keyin Tsezar Flickermanni oʻynashga rozi boʻlish-boʻlmaslik borasida ikkilanganini tan oldi. Aktyor taqqoslanishdan xavotirlangan, biroq oxir-oqibat qahramon obraziga oʻz yondashuvini topgan.

Yosh Effi Trinket rolini ijro etgan Fanning avvalgi filmlarda bu qahramonni gavdalantirgan Elizabet Benksdan maslahat olganini aytdi. Benks unga roldan zavq olishni va qahramonning oʻz talqinini yaratishni tilagan.

Prezident Snou rolini ijro etgan Reyf Fayns Donald Sazerlendning ishidan ilhomlanganini, biroq uni takrorlashni istamaganini taʼkidladi. Glenn Kloz ham grim tafsilotlari bilan oʻrtoqlashdi: uning qiyofaga kirishiga tayyorgarlik qariyb uch yarim soat davom etgan.