Kino

Barak va Mishel Obama Gana kinosi tarixi haqidagi hujjatli filmga prodyuserlik qildi

The Eyes of Ghana filmini yaratishda mashhur videobloger IShowSpeed ham ishtirok etdi, musiqani esa «Oskar» sohibi Kris Bauers yozdi.

11-noyabr, 16:14По-русски

Read in English

ㅤ / img.gazeta.ru

Kanadalik rejissyor Ben Praudfutning yangi hujjatli filmi — The Eyes of Ghana — 93 yoshli kinooperator Kris Hesse haqida hikoya qiladi. U Afrikaning mustaqillik uchun kurashgan davriga oid arxiv yozuvlarini 60 yildan ortiq vaqt davomida yashirincha saqlab kelgan.

Film Gananing birinchi prezidenti Kvame Nkruma tarixiga bagʻishlangan va u hokimiyatdan agʻdarilganidan keyin, 1966 yilda yoʻq qilinishi buyurilgan kino materiallarining taqdirini ochib beradi. Loyiha prodyuserlari qatorida Barak va Mishel Obama, shuningdek, videobloger IShowSpeed bor. Obama er-xotini ijrochi prodyuser sifatida qatnashgan.

Film musiqasini avvalroq Praudfut bilan 2024 yilda Amerika Kinoakademiyasi mukofotini qoʻlga kiritgan The Last Repair Shop qisqa metrajli filmida ham hamkorlik qilgan «Oskar» sohibi Kris Bauers yozgan.

The Eyes of Ghana filmining AQSh va Kanadadagi maxsus bir kunlik namoyish doirasidagi premyerasi 28 oktabr kuni boʻlib oʻtdi. Film London va Akkra shaharlarida ham namoyish etildi.