Selena Gomezga qarshi Wondermind startapi atrofidagi investitsiya firibgarligi boʻyicha daʼvo qaytarib olindi
Xonanda va aktrisa, uning onasi hamda kompaniya hammuassisiga qarshi sud ishi daʼvogarlarning talablarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olishi bilan yakunlandi.

Investorlar Selena Gomez, uning onasi Mendi Tifi va tadbirkor Daniella Pirsonni firibgarlikda aybladi. Daʼvogarlarning taʼkidlashicha, ular 2021-yilda tashkil etilgan Wondermind startapiga qariyb 1,2 million dollar sarmoya kiritgan. Ular ruhiy salomatlikni qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan ilova ishga tushirilishi, reklama shartnomalari va boshqa loyihalardan umid qilgan. Biroq investorlar aytishicha, vaʼdalar bajarilmagan, kompaniya esa jiddiy muammolarga duch kelgan.
Avgust oyida hammuassislarga qarshi qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq firibgarlik, aldov va shartnomani buzish ayblovlari keltirilgan daʼvo arizasi berildi. Gomezning himoyasi xonanda kompaniyaga sarmoya kiritgani va unda ozchilik ulushiga ega boʻlishiga qaramay, uni boshqarmaganini taʼkidladi.
Daʼvoni rad etish haqida iltimosnoma berilganidan soʻng, daʼvogarlar oʻz talablaridan ixtiyoriy ravishda voz kechdi. Pirsonning advokatlari ham kompensatsiya toʻlash boʻyicha hech qanday kelishuvga erishilmaganini bildirdi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

