KATSEYE guruhidan Megan miya chayqalishidan soʻng sahnada raqsga qaytdi
Guruh aʼzosi avvalgi kuni jarohati sabab oʻtirgan holda chiqish qilgan boʻlsa-da, yana murakkab xoreografiyani ijro etmoqda.

KATSEYE guruhidan Megan miya chayqalishi sabab oʻtirgan holda oʻtkazgan konsertidan atigi bir kun oʻtib, toʻlaqonli raqsli chiqishlarga qaytdi. 11 noyabr kuni Dallasdagi shouda xonanda Lara, Daniela va Yunche bilan birga «Pinky Up» va «Animal» qoʻshiqlarining xoreografiyasini ijro etdi. Bunda sanʼatkor koʻzlarini sahnadagi yorqin yoritishdan himoyalovchi toʻq rangli koʻzoynak taqib olgan edi.
Bir kun avval Ostindagi konsertda Megan sahnadan chetroqda qoʻyilgan maxsus kresloda chiqish qildi. Bungacha u muxlislariga shifokorlar jismoniy faollikni vaqtincha cheklashni va tanaffuslar qilishni tavsiya etganini maʼlum qilgan edi. Shuningdek, xonanda toʻlaqonli chiqishlarga qaytishidan oldin qayta tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerakligini aytgan.
Meganing holati sabab guruh avvalroq Wildworld turining Detroyt, Chikago va Minneapolisdagi uchta konsertini bekor qilgan edi. Uning jadal xoreografiyaga qaytishi muxlislar orasida yana xavotir uygʻotdi. Xonanda Keshe ham bunday qarorning toʻgʻriligiga shubha bildirdi.
KATSEYE guruhining navbatdagi chiqishi 14 noyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

