«Ochlik oʻyinlari» jahon prokatidagi ilk dam olish kunlarida 225 mln dollar yigʻdi
«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» filmi Shimoliy Amerika prokatida yetakchilik qildi va jahon miqyosida muvaffaqiyatli start oldi. Dastlabki dam olish kunlarida film taxminan 225 mln dollar daromad keltirdi.

Lionsgate studiyasining yangi filmi AQSh va Kanadadagi kinoteatrlarda taxminan 120 mln dollar, xalqaro bozorlarda esa yana 105 mln dollar yigʻdi. Bu Shimoliy Amerika prokatida yilning eng yaxshi beshta startidan biridir.
Film franshizaning oltinchi qismiga aylandi va avvalgi filmlarda Vudi Harrelson ijro etgan personaj — Xeymitj Abernetining hikoyasini bayon qiladi. Voqealar original seriya hikoyasidan 24 yil avval sodir boʻladi.
Bosh rolni Jozef Zada ijro etdi. Filmda, shuningdek, Makenna Greys, Reyf Fayns, Jessi Plemons va El Fanning rollar ijro etgan. Rejissyor — franshizaning avvalgi bir nechta filmlari ustida ishlagan Fransis Lourens.
Filmning ishlab chiqarish budjeti taxminan 150 mln dollar deb baholanmoqda. Tomoshabinlar CinemaScore tizimi boʻyicha filmga A- bahosini berdi. Muvaffaqiyatli start franshizaning 2023 yilda chiqqan avvalgi prikveli — «Ilonlar va sayroqi qushlar balladasi» — kassadagi nisbatan kamtarona natijalaridan keyingi mavqeini mustahkamladi.



