Yulduzlar

Jeymi Dornan Viggo Mortensenning uning Aragorn roliga kasting qilinishiga munosabati haqida gapirdi

Aktyor oʻzidan avvalgi ijrochisidan maʼqullov olganini tasdiqladi va yangi «Uzuklar hukmdori» filmidagi roliga tayyorgarligi haqida soʻzlab berdi.

17-noyabr, 16:46По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Jeymi Dornan Viggo Mortensen uning «Uzuklar hukmdori: Gollum ovi» filmida Aragorn roliga nomzodini maʼqullaganini aytdi. Aktyor bu haqda Andy Cohen olib boradigan Watch What Happens Live dasturida gapirdi.

Dornanning soʻzlariga koʻra, u Mortensen bilan shaxsan suhbatlashmagan, biroq Mortensen rol yangi ijrochiga berilganidan xursandligini omma oldida bildirgan. Aktyor suratga olish uchun sochlarini oʻstirishiga hojat yoʻqligini ham aytdi: buning oʻrniga parik taqadi.

Dornan Aragorn roliga tasdiqlanganini bilganida yigʻlab yuborganini tan oldi. U mashhur fantastik franshizaga qoʻshilish imkoniyatini haqiqiy orzu va katta sharaf deb atadi.

Oʻsha intervyu davomida aktyor yoshligi haqida ham gapirib, doʻkonlardan oʻgʻirlik qilganini tan oldi. U kichik mustaqil doʻkonlarni emas, faqat yirik savdo tarmoqlarini tanlagan. Bu mavzu uning Apple TVʼning yangi «12 12 12» serialidagi tajribali oʻgʻri roli bilan bogʻliq boʻlib, Dornan serialda Entoni Maki bilan birga suratga tushmoqda.