Kino

Sony jonli ijrochilar ishtirokidagi «Naruto» filmi uchun sarmoya kiritadi — loyiha blokbasterga aylantirilmoqchi

Sony Pictures mashhur «Naruto» mangasining film adaptatsiyasini birgalikda moliyalashtiradi va kartinaning xalqaro prokati bilan shugʻullanadi. Suratga olish ishlarini 2027 yil bahorida boshlash rejalashtirilgan.

3-noyabr, 19:20По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Lionsgate kinokompaniyasi Masashi Kishimoto mangasiga asoslangan badiiy film ustida birgalikda ishlash boʻyicha Sony Pictures bilan kelishuv tuzdi. Loyiha rejissyori, ssenariy muallifi va prodyuseri sifatida «Oʻrgimchak odam: Yangi kun» filmi bilan tanilgan Destin Daniel Cretton ishtirok etadi. Lionsgate ishlab chiqarish ustidan nazoratni saqlab qoladi va AQShdagi prokat bilan shugʻullanadi.

Kakashi Hatake roliga Charles Melton koʻrib chiqilmoqda, Naruto bosh rolini ijro etadigan aktyor esa hozircha qidirilmoqda. Avi va Ari Arad ham prodyuser sifatida qatnashadi. Asl manga butun dunyo boʻylab 250 mln nusxadan ortiq tirajda sotilgan.