Kino

Netflix «Koʻk koʻzli samuray»ning ikkinchi mavsumi premyerasi sanasini eʼlon qildi

Animatsion serialning davomi 2027-yil 19-yanvarda chiqadi. Yangi qismlar voqealari bosh qahramonni Yaponiyadan XVII asr Londoniga olib boradi.

4-noyabr, 07:30По-русски

Read in English

ixbt.games

Ikkinchi mavsumda Mizu oʻzining otalari boʻlishi mumkin boʻlgan qolgan ikki oq tanli erkakni izlash uchun Angliyaga yoʻl oladi. Londonda qahramon oʻsha davrdagi notanish madaniyat va ingliz jamiyatida ayollarning mavqei bilan toʻqnash keladi.

Bu orada Yaponiyada Ringo, Taygen va malika Akemi yangi syogun davridagi siyosiy silkinishlar markazida qoladi. Yaratijodkorlar Amber Noizumi va Maykl Grin avvalroq davomi bosh qahramon tarixining yangi qirralarini koʻrsatishini aytgan edi.

Netflix, shuningdek, tarixning yakuniy qismi boʻlishi kutilayotgan uchinchi mavsumni ham maʼqulladi. U 2028-yilda chiqishi kutilmoqda.