Yulduzlar

Jeff Bezos Jek Loudenni yangi Jeyms Bond roli uchun eng maʼqul nomzod deb atadi

Daily Mail nashrining yozishicha, Amazon asoschisi 007 agenti roliga «Sekin otlar» seriali yulduzini boshqa nomzodlardan afzal koʻradi.

12-noyabr, 13:46По-русски

Read in English

shazoo.ru

Amazon asoschisi Jeff Bezos taxminlarga koʻra, Jek Loudenni Jeyms Bond rolini keyingi ijro etuvchi aktyor sifatida koʻrishni istagan. Bu haqda kompaniya bilan bogʻliq manbaga tayanib, Daily Mail xabar berdi. Manbaning soʻzlariga koʻra, Bezos «Sekin otlar» seriali orqali tanilgan shotlandiyalik aktyorni yoqtiradi.

Bezosning taxmin qilinayotgan tanlovi biznesmenning Shotlandiyada tugʻilgan Shon Konneriga boʻlgan simpatiyasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Biroq Loudenning nomzodi hozircha rasman tasdiqlanmagan.

007 roli uchun boshqa nomzodlar qatorida Kallum Terner va Josh OʻKonnor ham tilga olinmoqda. OAV maʼlumotlariga koʻra, uchovlon Bray Studios studiyasida ekran sinovlarining yakuniy bosqichida qatnashgan. Kasting yozuvlari AQShga yuborilgan, ularni Amazon MGM Studios vakillari va Bezos koʻrgan boʻlishi mumkin.

Amazon asoschisining afzalliklari haqidagi mish-mishlarga qaramay, rol uchun kurash davom etmoqda. Yaqinda Terner bukmekerlik reytinglarida Loudenni ortda qoldirib, birinchi oʻringa chiqdi. Bond rolini yangi ijro etuvchi aktyor hozircha rasman eʼlon qilinmagan.

Franshizaning navbatdagi filmini Deni Vilnyov suratga oladi, ssenariyni esa Stiven Nayt yozadi. Daniel Kreygning oʻrnini egallaydigan aktyor nomi 2026-yil oxirigacha eʼlon qilinishi kutilmoqda.