Kayli Jenner Victoriaʼs Secret podiumida 50 mln dollarlik Fantasy Braʼda debyut qildi
Ushbu bezakda 4 410 ta tabiiy olmos va ogʻirligi 75,54 karat boʻlgan sariq Fancy Vivid olmosidan foydalanilgan.
19-oktabr, 16:43По-русски

instagrma/kyliejenner
Victoriaʼs Secret 2018-yildan beri ilk bor mashhur Fantasy Braʼni podiumda namoyish etdi. Uni Kayli Jenner taqdim qildi. Olmoslar bilan bezatilgan lifchikni yaratish ustida 15 nafar usta 1 000 soatdan ortiq ishladi. Buyumning vazni qariyb 1,8 kg boʻldi.
Victoriaʼs Secretʼning bosh kreativ direktori Adam Selman Kayli Jennerni tanlashga uning mashhurligi va moda industriyasi chegaralaridan ancha tashqariga chiqadigan taʼsiri sabab boʻlganini aytdi. Fantasy Braʼning oʻzini esa Jacob & Co. kompaniyasidan zargar Jeykob Arabo yaratdi. Buyum matodan foydalanilmagan holda toʻliq oltin va olmoslardan tayyorlangan.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

