Chxve Hyon Uk va Chon Chxe Yon yangi «Yashil chiroq» doramasida ilk sevgililar obrazini ijro etadi
Aktyorlar voqealari 1997-yilda kechadigan ENA romantik serialida bosh rollarni ijro etadi.

Janubiy koreyalik aktyorlar Chxve Hyon Uk va Chon Chxe Yon yangi «Yashil chiroq» (Green Light) doramasida bosh rollarga rasman tasdiqlandi. ENA telekanali loyihasining premyerasi 2027-yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.
Syujet huquq fakultetiga oʻzining ilk sevgisi Son Ji U (Chon Chxe Yon) bilan yana uchrashish uchun oʻqishga kirgan, isteʼdodli maktab beysbolchisi Kan Te Yan (Chxve Hyon Uk) haqida hikoya qiladi. Qiz ham huquqshunoslikni oʻrganadi, biroq shaxsiy sirini atrofdagilardan yashiradi.
Te Yan universitetning birinchi bosqichida oʻqiydi va uning beysbol jamoasi safida oʻynaydi. Sportdagi yutuqlariga qaramay, u oʻqishda qiyinchiliklarga duch keladi, ammo his-tuygʻularidan voz kechmaydi. Ikkinchi bosqich talabasi Ji U ni atrofdagilar hammaning ilk sevgisi deb biladi. Uning quvnoqligi ortida xavotirlar yashiringan, huquqshunoslikni oʻrganishni esa u oʻzini va yaqinlarini himoya qilish usuli deb hisoblaydi.
Aktyor Chxve Hyon Uk yangi loyiha oʻzini boshqa tomondan namoyish etish imkonini berishini taʼkidladi. Qizigʻi shundaki, u ilgari haqiqatan ham beysbol bilan shugʻullangan — katta maktabning birinchi bosqichigacha.
Chon Chxe Yon voqealari 1990-yillarda kechadigan loyihada suratga tushishni anchadan beri istaganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, oʻsha davr muhiti aks etgan romantik ulgʻayish hikoyasi uni ayniqsa oʻziga tortgan.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

