«Betmen 2» filmini suratga olish ishlari Batmobil goʻyoki aktyorni urib yuborganidan keyin toʻxtatildi
Jabrlangan aktyor shifoxonaga yetkazildi, ammo koʻp oʻtmay chiqarildi. Hozir film suratga olish ishlari allaqachon qayta boshlangan.

Hodisa oktabr boshida katta miqyosdagi ekshn-sahna suratga olinayotgan paytda yuz bergan. OAV xabarlariga koʻra, Betmenning avtomobili ismi oshkor etilmagan aktyorlardan birini urib yuborgan.
Jabrlanganga tibbiy yordam koʻrsatilib, u shifoxonadan chiqarilgan. Jurnalistlar, shuningdek, hodisa ishtirokchisi deb hisoblanayotgan kishi bilan bogʻlangan: u yuz bergan voqeani inkor etmagan. Shu bilan birga, Warner Bros. hozircha hodisani rasman tasdiqlamadi.
Hodisadan keyin suratga olish ishlari vaqtincha toʻxtatilgan, biroq keyinroq Xertfordshirdagi Leavesden studiyasida qayta boshlangan.
Robert Pattinson yana Bryus Ueyn rolini ijro etadi. Colin Farrell, Andy Serkis va Jeffrey Wright ham oʻz rollariga qaytadi. Loyihaning yangi ishtirokchilari orasida Scarlett Johansson ham bor.
«Betmen 2» filmining premyerasi hamon 2028-yil fevraliga rejalashtirilgan.



