Phoebe Bridgers Adrianne Lenker qoʻshigʻiga Rojdestvo kaveri chiqardi
Xonanda Anything kompozitsiyasining oʻz talqinini taqdim etdi, uni tinglashdan tushgan daromad esa xayriyaga yoʻnaltiriladi.

Amerikalik xonanda Phoebe Bridgers Big Thief guruhining vokalisti Adrianne Lenker ijro etgan Anything qoʻshigʻining yangi talqinini taqdim etdi. Ushbu reliz Bridgers muntazam ravishda bayramona kaverlar bilan kengaytirib boradigan Rojdestvo musiqiy toʻplamidan joy oldi.
Yangi versiya 2020-yilda chiqarilgan original qoʻshiqning kameraviy va melanxolik ohangini saqlab qoldi. Yozuvda prodyuserlar Tony Berg, Ethan Gruska va Jack Antonoff ishtirok etdi. Kompozitsiyadan har ikki ijrochiga tushadigan daromad Falastin bolalariga yordam jamgʻarmasiga (PCRF) oʻtkaziladi.
Avvalroq Bridgers Tom Waitsning Day After Tomorrow va Have Yourself A Merry Little Christmas, Merle Haggardning If We Make It Through December qoʻshiqlari hamda boshqa kompozitsiyalarning oʻz talqinlarini chiqargan. 2022-yilda u The Handsome Family guruhining So Much Wine qoʻshigʻiga ham kaver taqdim etgan.
Xonanda 2022-yilda NME nashriga bergan intervyusida noodatiy va melanxolik Rojdestvo qoʻshiqlarini yaxshi koʻrishini, har yili xayriya maqsadida musiqiy relizlar chiqarishni esa yoqimli anʼana deb bilishini aytgan.
Shu paytda Bridgers Lost Tour konsert turini davom ettirishga tayyorlanmoqda. Tur jadvalidan dekabr oyida Dublindagi chiqishlar hamda Londondagi The O2 arenasida ikkita konsert oʻrin olgan. Kelasi yil yozida xonanda Londonda oʻtkaziladigan All Points East festivalining bosh ijrochisi boʻlishi ham kutilmoqda.
Yana oʻqing

U2 yangi Carnaval de Luz albomi bilan Billboardʼning uchta chartida yetakchilik qildi

Imron «Sevganingni bilmay qolsan» nomli yangi qoʻshigʻini taqdim etdi

