Keyt Middlton saraton kasalligidan keyin tiklanishiga tabiat qanday yordam bergani haqida soʻzlab berdi
Uels malikasi davolanishdan soʻng odatiy hayotga qaytish oson boʻlmagani va vaqt talab qilganini aytdi.

Keyt Middlton onkologik kasallikdan keyingi tiklanishi haqida maxsus soni uchun shahzoda Uilyam mehmon muharrir boʻlgan Country Life jurnaliga bergan intervyusida soʻzlab berdi. Malika bilan suhbatni tabiat haqidagi adabiyotga ixtisoslashgan yozuvchi Robert Makfarleyn oʻtkazdi.
Ketrinning aytishicha, ogʻir davrda atrofidagi olam va tabiat qoʻynidagi sayrlar u uchun oʻziga xos panohga aylangan. U tiklanish jarayoni bir tekis kechmasligini taʼkidladi: yaxshi va yomon kunlar boʻladi, odatiy hayotga qaytish esa vaqt talab qiladi. Malika, shuningdek, tabiat unga oʻz fikrlari, tanasi va ichki holati bilan aloqani qayta tiklashga yordam berganini aytdi.
2024 yilda Keyt saraton kasalligi aniqlangach, Royal Marsden shifoxonasida kimyoterapiya kursidan oʻtdi. 2025 yil yanvarida u remissiya haqida maʼlum qildi.
Shundan beri malika oʻz tajribasi haqida bir necha bor gapirib, shunga oʻxshash sinovlarga duch kelgan insonlarni qoʻllab-quvvatlashga intildi. Iyun oyida u Royal Marsden shifoxonasi huzuridagi tiklanish va psixologik yordam markazi uchun mablagʻ toʻplash maqsadida National Three Peaks Challenge xayriya sinovida ham qatnashdi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

