Kino

«Bumer» va «Aritmiya» filmlari ustida ishlagan montaj rejissyori Ivan Lebedev vafot etdi

Rossiyalik kino mutaxassisi 19 noyabr kuni 62 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida 40 dan ortiq film va serialni yaratishda ishtirok etgan.

19-noyabr, 17:55По-русски

Read in English

championat.com

Montaj rejissyori Ivan Lebedev 19 noyabr kuni 62 yoshida vafot etdi. Uning oʻlimi haqida «Seans» nashri xabar berdi. Oʻlimining sababi hozircha oshkor qilinmagan.

Lebedev 40 dan ortiq film va serial ustida ishlagan. U ishtirok etgan eng mashhur loyihalar qatorida «Bumer»ning har ikki qismi, «Aritmiya», «Ledokol» hamda «Yakudza qizi» bor. U professional faoliyati davomida nufuzli kino mukofotlariga bir necha bor sazovor boʻlgan.

Uning mukofotlari qatorida «Snegir» filmi ustidagi ishi uchun berilgan «Oltin burgut» hamda «Konchitsya leto» kartinasi uchun «Nika» mukofoti bor.

Hamkasblari va doʻstlari uning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi. Ular Lebedevni mamlakat kinematografiyasida katta iz qoldirgan taniqli montajchi va yaqin inson sifatida tilga oldi.