Jennifer Lourens «Ochlik oʻyinlari» premyerasida gullar kashtali Dior koʻylagida paydo boʻldi
Aktrisa Dior Pre-Fall 2026 kolleksiyasidan qora koʻylak tanlab, obrazini moʻynali yoqali oq yopinchiq bilan toʻldirdi.

Jennifer Lourens «Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» filmining Nyu-Yorkdagi premyerasiga tashrif buyurdi. U qizil gilamga chiqish uchun Dior libosini tanladi. Aktrisaga franshizadagi sobiq hamkasbi Josh Xatcherson hamrohlik qildi.
Lourens Dior Pre-Fall 2026 kolleksiyasidan qora koʻylakda koʻrinish berdi. Uzun shleyfli model pushti gullar tasviri tushirilgan kashta bilan bezatilgan boʻlib, u son qismidan boshlanib, koʻylakning etagigacha davom etgan. Obraz belbogʻ va sunʼiy moʻynadan tikilgan yoqali oq yopinchiq bilan toʻldirilgan.
Bu aktrisaning 2026-yilda qizil gilamdagi atigi ikkinchi chiqishi boʻldi. Yanvar oyida u Sara Burton yaratgan, gullar kashtasi bilan bezatilgan yarim shaffof Givenchy koʻylagida «Oltin globus» mukofotlarini topshirish marosimida qatnashgandi.
Shu tariqa, Lourens yana gullar motivlari aks etgan libosni maʼqul koʻrdi. Biroq aktrisa oʻz qahramoni Kitniss Everdin uslubidagi kiyimni tanlamadi — u franshizaning yangi filmida bu qahramon roliga qaytishi kerak.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

