Teylor Svift «Grammy-2027»ning soʻnggi nominatsiyalarini kutilmaganda eʼlon qildi
Xonanda nomzodlar eʼlon qilinadigan marosimda qatnashib, mukofotdagi oʻz yutuqlarini hazil bilan izohladi.

Teylor Svift 16-noyabr kuni boʻlib oʻtgan «Grammy» mukofotiga nomzodlarni eʼlon qilish marosimiga kutilmaganda qoʻshildi. Xonanda soʻnggi ikki — «Yil albomi» va «Yil qoʻshigʻi» — nominatsiyalaridagi nomzodlarni eʼlon qildi.
Chiqishi davomida 36 yoshli sanʼatkor barcha nomzodlarni tabriklab, musiqa sanoatidagi hamkasblarining eʼtirofi alohida yutuq ekanini taʼkidladi. Svift oʻz statistikasi haqida ham hazillashdi: u «Yil qoʻshigʻi» mukofotiga sakkiz marta daʼvogarlik qilgan, biroq uni biror marta ham qoʻlga kiritmagan.
«Yil albomi» nominatsiyasida xonanda sakkizinchi marta nomzod boʻldi va toʻrt marta gʻolib chiqib, mukofot rekordini oʻrnatdi. Bu safar uning The Life of a Showgirl albomi ham daʼvogarlar qatoridan joy oldi.
Bundan tashqari, Svift «Oʻyinchoqlar tarixi 5» multfilmi uchun yozilgan «I Knew It, I Knew You» qoʻshigʻi bilan «Yil qoʻshigʻi» nominatsiyasini oldi. «Grammy-2027» taqdirlash marosimi musiqa sanoatining eng yaxshi vakillarini eʼtirof etadi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

