Yulduzlar

MGMT kliplari rejissyori, aktrisa Haydi Gardnerning sevgilisi Rey Tintori vafot etdi

Rejissyor 43 yoshda edi. Uning oʻlimi sababi va holatlari hozircha nomaʼlum.

18-noyabr, 15:17По-русски

Read in English

tmz.com

MGMT, The Killers va Arcade Fire guruhlari uchun musiqiy kliplar suratga olgani bilan tanilgan rejissyor Rey Tintori 43 yoshida vafot etdi. U Saturday Night Live shousi orqali mashhur boʻlgan amerikalik aktrisa va komediant Haydi Gardnerning sevgilisi edi.

Nyu-York bosh sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi vakili idora rejissyorning oʻlimi holatlarini tergov qilayotganini tasdiqladi. 16-noyabr holatiga koʻra, oʻlim sababi va uning xususiyati nomaʼlum boʻlib qolgan. Gardner vakillari hozircha voqeaga izoh bermadi.

Tintori MGMT guruhining 2008-yilda chiqarilgan Time to Pretend, Kids va Electric Feel qoʻshiqlariga, shuningdek, Dancing in Babylon (2024) videosini suratga olgan. Uning boshqa ishlari qatorida The Killers guruhining Spaceman va Arcade Fire jamoasining Chemistry kliplari ham bor. Bundan tashqari, rejissyor 2012-yilda «Oskar» mukofotiga nomzod boʻlgan «Janubning yovvoyi hayvonlari» filmini yaratishda qatnashgan Court 13 ijodiy birlashmasining asoschilaridan biri edi.

Tintori Gardner bilan munosabatlari haqida 2025-yilda ochiqchasiga gapirgan. U aktrisani tugʻilgan kuni bilan tabriklar ekan, unga taʼsirli muhabbat izhorini bagʻishlab, Gardnerni oʻzi uchratgan insonlar ichidagi eng hayratlanarlisi deb atagan. Rejissyor, shuningdek, u ayol uning qalbining sohibasi boʻlib abadiy qolishini yozgan.

Tintori bilan tanishishidan oldin Gardner Marvel komikslari ssenariychisi Zeb Uells bilan turmush qurgan edi. Ularning nikohi 13 yil davom etib, 2023-yilda ayriliq bilan yakunlangan.