Yulduzlar

“Oskar” mukofoti laureati Sebastyan Lelio 52 yoshida vafot etdi

“Oskar” mukofoti sohibi boʻlgan chililik rejissyor 52 yoshida vafot etdi. Oʻlim sababi hozircha aniqlanmagan.

7-noyabr, 12:40По-русски

Read in English

kino.mail.ru

Chililik rejissyor Sebastyan Lelio 52 yoshida vafot etdi. Uning vafoti haqida TVN telekanali xabar berdi. Vafotining tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.

Rejissyorga xalqaro shuhratni “Gloriya” va “Fantastik ayol” filmlari keltirdi. Ikkinchi film “Eng yaxshi chet tilidagi film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qoʻlga kiritib, bu mukofotga sazovor boʻlgan ikkinchi Chili filmi boʻldi.

Lelio faoliyati davomida oʻndan ortiq film va serial suratga oldi. El Mercurio Online nashri maʼlumotiga koʻra, uning jasadini Las-Kondes tumanidagi uyda aktrisa Amaliya Kassai topgan. Uning aytishicha, oʻlimga sogʻliq bilan bogʻliq muammolar sabab boʻlgan.