Yulduzlar

Stefen Karri Rojdestvo komediyasidagi oʻpish sahnasi ustidan qilingan masxaralardan soʻng xotinini himoya qildi

Basketbolchi Second Chance Holiday filmi epizodi sabab Ayisha Karrini masxara qilgan podkast boshlovchilarini tanqid qildi.

12-noyabr, 14:33По-русски

Read in English

sports.ru

«Golden Steyt Uorriors» jamoasi pleymeykeri Stefen Karri Roku platformasidagi Second Chance Holiday Rojdestvo komediyasida aktrisa Ayisha Karrining aktyor Metyu Daddario bilan oʻpish sahnasini bir nechta podkast boshlovchisi masxara qilganidan soʻng rafiqasini omma oldida qoʻllab-quvvatladi.

Bu epizodni NBAning sobiq oʻyinchilari Gilbert Arenas va Nik Yang, shuningdek, Emmanuel Acho hamda LeShon Makkoy muhokama qildi. Arenas hatto Ayishani «Karri oilasining ideal oiladagi yagona nuqsoni» deb atab, uning xatti-harakatlarini boshqa taniqli basketbolchilarning xotinlari bilan taqqosladi.

Bunga javoban NBAning ikki karra MVP sovrindori sharhlovchilarni rafiqasini muhokama qilishni va uning yutuqlarini qadrsizlantirishni bas qilishga chaqirdi. Karrining aytishicha, bunday fikrlar ayollarga nisbatan tarafkash munosabat va aktyorlik kasbining oʻziga xos jihatlarini tushunmaslikni aks ettiradi.

«Ayisha Karri har safar sarlavhalaringizda paydo boʻlganida, shunchaki unga qarsak chaling va tabriklang. Kechirim soʻrashni esa, ehtimol, uni koʻrsatuvlaringizning asosiy mavzusiga aylantirib muhokama qilganingiz kabi baland ovozda qilganingiz maʼqul», — dedi basketbolchi.