Rayan Gosling Marvelʼning yangi filmida Ghost Rider rolini ijro etishi mumkin
28-oktabr, 17:43По-русски

Gage Skidmore from Peoria, AZ, United States of America / Wikimedia Commons
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, aktyor mototsiklchi-kaskadyor Jonni Bleyz obrazini gavdalantirishi mumkin. U iblis bilan kelishuv tuzgach, boshi olov bilan qoplangan Qasos ruhiga aylanadi.
Filmda «Qizgʻin raqobat» (Heated Rivalry) seriali orqali tanilgan Konor Storri ham paydo boʻlishi mumkin. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, aktyor Gosling qahramoniga qarshi chiqadigan yovuz qahramon rolini ijro etish masalasini muhokama qilmoqda. Uning loyihadagi ishtiroki hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Loyihaga Shon Levi rejissyorlik qiladi, ssenariyni esa Jonatan Tropper yozmoqda. Film premyerasi 2028-yil 28-iyulga rejalashtirilgan, biroq Marvel Goslingning roli va yakuniy aktyorlar tarkibini hozircha tasdiqlamadi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

