Yulduzlar

Morgenshtern isroillik ravvinning qiziga uylanishi mumkin

Isroil pabliklari reperning taxmin qilinayotgan toʻyi haqida xabar berdi. Bu maʼlumotga Ksenia Sobchak ham izoh berdi.

20-noyabr, 11:58По-русски

Read in English

starhit.ru

Morgenshtern ravvin Gai Markusning qizi Gabriela Nirel Markus bilan toʻyga tayyorgarlik koʻrayotgan boʻlishi mumkin. Boʻlajak nikoh haqidagi dastlabki xabarlar isroillik pabliklarda paydo boʻldi — ular toʻy taklifnomalarini eʼlon qildi.

Keyinroq bu maʼlumotga Ksenia Sobchak izoh berdi. Uning soʻzlariga koʻra, isroil kanallari reper — asl ismi Alisher, shuningdek Isroil Yehuda nomi bilan ham tanilgan — yahudiylarning «shidux» deb ataladigan sovchilik anʼanasi doirasida oʻziga umr yoʻldosh topgani haqida xabar bermoqda.

Shu bilan birga, toʻy hozircha rasman tasdiqlanmagan. Musiqachining oʻzi ham shaxsiy hayotidagi ehtimoliy oʻzgarishlar haqida hech qanday fikr bildirmadi. Sobchak tafsilotlarni aniqlashga vaʼda berdi.