Golden Disc Awards 2027-yilgi marosim ishtirokchilarining ilk roʻyxatini eʼlon qildi
Xanoydagi sahnaga TXT guruhidan Yeonjun, ZEROBASEONE, TWS va boshqa K-pop ijrochilari chiqadi.
26-noyabr, 13:38По-русски

soompi.com
Golden Disc Awardsʼning 41-marosimi tashkilotchilari musiqiy mukofotda chiqish qiladigan sanʼatkorlar roʻyxatining birinchi qismini taqdim etdi. Unga A2O LITE, ALLDAY PROJECT, ALPHA DRIVE ONE, AND2BLE, CORTIS, Hearts2Hearts, KiiiKiii, RESCENE, TWS, Yena, TXT guruhidan Yeonjun va ZEROBASEONE kiritilgan.
Tadbirni Son Si Gyong va Mun Ga Yong olib boradi. Marosim 2027-yil 9 va 10-yanvar kunlari Xanoydagi Vyetnam koʻrgazmalar markazining maxsus ochiq maydonida boʻlib oʻtadi.
Mukofotning tashkilotchisi va mezbon tomoni HLL kompaniyasi hisoblanadi. Eʼlon qilingan roʻyxat 41-Golden Disc Awards musiqiy dasturining birinchi qismi boʻladi.
Yana oʻqing

U2 yangi Carnaval de Luz albomi bilan Billboardʼning uchta chartida yetakchilik qildi

Imron «Sevganingni bilmay qolsan» nomli yangi qoʻshigʻini taqdim etdi

